Jahon | 12:00 / 19.08.2024
1954
1 daqiqa o‘qiladi

Kursk chegara hududlaridan bir kunda 1,7 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi

Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnovning buyrug‘i bilan odamlarni xavfsiz hududlarga ko‘chirish ishlari davom etmoqda.

Foto: RIA Novosti

Rossiya Federatsiyasi Kursk viloyatidan bir kun ichida 1,7 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi, dedi viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchining matbuot kotibi Irina Tolmacheva.

«Mintaqada favqulodda holat va aksilterror operatsiyasi rejimlari amal qilyapti. Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnovning buyrug‘i bilan aholini xavfsiz hududlarga ko‘chirish ishlari davom etmoqda. Eng avvalo, bolali oilalar va keksa fuqarolarga e’tibor qaratilmoqda. Kun davomida 1724 kishi mustaqil va uyushgan guruhlar bo‘lib chiqib ketdi», — deya ta’kidlagan Tolmacheva viloyat hokimiyatining Telegram-kanalida e’lon qilingan videoda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kursk viloyatida 6,5 mingdan ortiq kishi, jumladan, qariyb 1,4 ming nafar bolalar vaqtinchalik saqlash markazlariga joylashtirilgan. 

Viloyat hukumati sahifasidagi xabarda 24 soat ichida mintaqaga 160 tonna gumanitar yordam to‘rtta kolonnada yetib kelgani qayd etilgan.

Mavzuga oid