Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida yangi konteyner tashuvlari yo‘lga qo‘yildi
Yuklar Hindistondan dengiz orqali Eronga, so‘ngra temiryo‘l orqali O‘zbekistonga yetkaziladi.
«O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ tomonidan Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida yangi multimodal yo‘nalishda konteyner tashuvlarini muvaffaqiyatli tashkil etildi, deb xabar berdi Transport vazirligi.
Qayd qilinishicha, yuklar Hindistonning Mundra, Nhava-Sheva va Chennai portlaridan Eronning Bandar Abbos portiga dengiz orqali yetkaziladi. Shundan so‘ng, Bandar Abbos portidan temiryo‘l orqali O‘zbekistonning Sergeli stansiyasiga keltiriladi.
Ta’kidlanishicha, 20 ta 20 futlik konteynerdan tashkil topgan yuk poyezdi umumiy temiryo‘l uzunligi 2673 km bo‘lgan masofani 20 kunda bosib o‘tdi. Kelgusida tashish muddatini 15 kunga qisqartirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
19:06 / 22.12.2024
Asadning qulashi - Eron tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatsizlik
14:52 / 20.12.2024
Eron O‘zbekistonning qator mahsulotlariga eksport uchun ruxsatnoma beradi
16:32 / 19.12.2024