Qirg‘iziston banklari sanksiya ostidagi Rossiya banklari bilan onlayn o‘tkazmalarni to‘xtatdi
«Keremet» banki saytida e’lon qilingan xabarda aytilishicha, har ikki yo‘nalishdagi pul o‘tkazmalari «noma’lum muddatga» to‘xtatilgan.
Qirg‘izistonning «MBank» va «Keremet» banklari Rossiyaning «Sber», «MTC Bank» va «T-Bank» mobil ilovalari orqali put o‘tkazmalarini to‘xtatdi.
«Keremet» banki saytida e’lon qilingan xabarda aytilishicha, har ikki yo‘nalishdagi o‘tkazmalar «noma’lum muddatga» to‘xtatilgan. Bu «NSPK» milliy to‘lov tizimi operatori orqali ham amalga oshiriladigan o‘tkazmalarga taalluqli. Pul o‘tkazmalari nima sababdan to‘xtatilganiga izoh berilmagan.
«MBank»ning ma’lum qilishicha, 16 avgustdan boshlab kiruvchi o‘tkazmalar sanksiyaga uchramagan banklar orqali rublda amalga oshiriladi. Nimadir o‘zgarish bo‘lsa bankdagilar mijozlarga qo‘shimcha xabar berilishini aytdi. Hozirda bu e’lon saytdan o‘chirib tashlangan, bank saytida o‘tkazmalar qayta tiklanishi bo‘yicha biror yangilik yo‘q.
Shu bilan birga, 17 avgust kuni e’lon qilingan yangiliklarda Rossiya banklari bilan pul o‘tkazmalarini faqat rekvizitlar orqali amalga oshirish mumkinligi haqida so‘z boradi.
«MBank» Qirg‘izistondagi eng yirik banklardan. Ekspertlarning baholashicha, Qirg‘iziston va Rossiya o‘rtasidagi o‘tkazmalarning 60 foizi ushbu bank hisobiga to‘g‘ri keladi.
Rossiyaning har uchchala banki Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlanganidan keyin AQSh, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va boshqa davlatlarning sanksiyalariga uchradi. «Sber»ga qarshi cheklovlar 2022 yilning aprelida kiritildi. 2023 yilning fevralida esa ro‘yxatdan «MTC Bank», iyulda bo‘lsa «T-Bank» joy oldi.
Mavzuga oid
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024
O‘zbekiston elchisi prezident Sadir Japarovga ishonch yorliqlarini topshirdi
17:13 / 20.12.2024