Xitoy foydasiga josuslikda ayblangan Filippin sobiq meri mamlakatdan qochib ketdi
Rasmiylar sobiq mer Elis Go bir oy oldin yashirincha Malayziya va Singapur orqali Indoneziyaga qochib ketganini tan olganidan keyin Filippin prezidenti Ferdinand Markos bunga aloqdorlarning «boshi ketishini» ma’lum qildi.
Xitoy foydasiga josuslikda va jinoiy to‘dalarga aloqadorlikda ayblangan filippinlik sobiq mer mamlakatdan qochib ketdi, deb xabar beradi BBC.
Rasmiylar sobiq mer Elis Go bir oy oldin yashirincha Malayziya va Singapur orqali Indoneziyaga qochib ketganini tan olganidan keyin Filippin prezidenti Ferdinand Markos bunga aloqdorlarning «boshi ketishini» ma’lum qildi.
Prezident Markosning so‘zlariga ko‘ra, sobiq amaldorning qochib ketishi «adliya tizimi va odamlar ishonchiga putur yetkazib, mamlakatda korrupsiya avj olganiga yaqqol isbot bo‘la oladi».
Elis Go senat komissiyasi tomonidan firibgarlik markazlari va onlayn-qimorlarga alqodorligi bo‘yicha tekshiruv boshlaganidan keyin, iyul oyidan beri ommaga ko‘rinish bermagan. U odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy sindikatlar va firibgarlik markazlariga shaharda faoliyat yuritishiga imkoniyat yaratib bergan.
Senatorlar, shuningdek, uni Xitoy agenti yoki josusi ekanlikda ayblagandi. Politsiya sobiq amaldorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan, Filippin korrupsiyaga qarshi kurashish organi «jiddiy xatoliklar» sabab uni lavozimdan bo‘shatgan edi.
Ayolning o‘zi barcha ayblovlarni rad etgan. Filippin immigratsiya byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, Elis Go chegara nazoratini chetlab o‘tib, mamlakatdan «noqonuniy ravishda» chiqib ketgan.
Prezident Markos «xalq ishonchini sotgan va uning qochishiga yordam bergan aybdorlar nomi aniqlanishini» ma’lum qildi. Bundan tashqari, u Goning Filippin pasportini bekor qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Elis Go mart oyida, hukumat Bamban shahridagi yirik firibgarlik markazlari va odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy to‘dalarni fosh etganidan keyin barchaning diqqat markaziga tushdi. Noqonuniy operatsiyalar ofshor o‘yin kompaniyalari yoki Goning oilasiga tegishli yerlarda joylashgan «Pogo» firmalari orqali amalga oshirilgan.
Bunga qadar Go xonim taniqli emasdi va 2022 yilda mer etib tayinlangunga qadar davlat lavozimlarida ishlamagan.
Mavzuga oid
16:24 / 02.12.2024
O‘zbekiston JST a’zoligi bo‘yicha Filippin bilan muzokaralarni yakunladi
18:12 / 24.11.2024
Filippin poytaxtida yong‘in boshlandi: mingga yaqin uy yonib ketdi
20:28 / 23.11.2024
Filippin vitse-prezidenti davlat rahbari uchun killer yollaganini aytdi
20:50 / 14.11.2024