O‘zbekiston | 11:24 / 22.08.2024
10295
1 daqiqa o‘qiladi

IIO xodimlarining xizmat muddati 25 yilga uzaytirilishiga doir xabarlar yolg‘on - IIV

Ichki ishlar vazirligi tarmoqlarda tarqalgan, IIO xodimlarining pensiyaga chiqish uchun xizmat muddati 25 yilga uzaytirilishiga doir xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

Foto: IIV

«O‘zbekiston Respublikasining amaldagi «Harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonuni hamda 3413-son prezident qaroriga muvofiq, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimning xizmat muddati kalendar hisobda 20 yilga yetganidan so‘ng, o‘tagan xizmat muddati uchun pensiya olish huquqiga ega bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan», deyiladi raddiyada.

Shuningdek, IIV Moliya-iqtisod boshqarmasi hozirgi kunda ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan normativ huquqiy hujjatlarga pensiya olish uchun xizmat muddatini 25 yilga uzaytirish bo‘yicha taklif yoki qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilmaganini ma’lum qildi.

Mavzuga oid