O‘zbekiston | 20:32 / 25.08.2024
11712
1 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar vaziri, Oliy sud va Bojxona qo‘mitasi raislari mukofotlandi

«O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolandi.

Fotokollaj: Kun.uz

Farmon bilan Ichki ishlar vaziri Bobojonov Po‘lat Razzaqovich - I darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Oliy sud raisi Islamov Baxtiyar Djaxangirovich - «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi raisi Mavlonov Akmalxuja Yusupovich «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Bundan tashqari, Parij-2024 olimpiadasi boks turniri ishtirokchisi, Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport bo‘limi yo‘riqchi-sportchisi Turdibekova Sitora Shavkat qizi «Jasorat» medali bilan taqdirlandi.

Mukofotlangan xodimlarning to‘liq ro‘yxati prezident veb-saytida keltirildi.

Mavzuga oid