O‘zbekiston | 09:52 / 26.08.2024
22069
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi lavozimga tayinlangan Dilmurod Rahmatullayev bir hafta o‘tmay ishdan bo‘shatildi

Andijon shahrining sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev 2024 yil 17 avgust kuni shahar obodonlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ish boshlagandi. Ammo u ushbu lavozimda bir hafta ham ishlagani yo‘q: shahar hokimi G‘ofur Abdurahmonovning tegishli qarori bilan ishdan olingan. U sog‘ligidagi muammo tufayli o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi.

Foto: Kun.uz

17 avgust kuni Andijon shahar obodonlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimga tayinlangan shaharning sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev bir necha kun o‘tib, ishdan bo‘shatildi.

Kun.uz manbasi bergan ushbu ma’lumotni Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati ham tasdiqladi. Hokimlik vakilining bizga ma’lum qilishicha, Rahmatullayev sog‘ligidagi muammo tufayli o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod qilingan.

Dilmurod Rahmatullayev 2019 yil iyun oyida viloyat hokimi tomonidan o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida qattiq tanqid va haqorat qilingandi. O‘sha yili avgustda o‘ziga nisbatan fitna uyushtirilayotganini aytib, “Buni qoralayman, la’natlayman” deb video e’lon qilgan va shundan so‘ng ishdan olingandi.

Mavzuga oid