Sport | 15:12 / 27.08.2024
5103
1 daqiqa o‘qiladi

Termizda ilk bor O‘zbekiston va Afg‘oniston klublari xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishdi

Termiz shahrida ilk bor O‘zbekiston va Afg‘oniston klublari o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi. 

Foto: Qiziriq

«Alpomish» stadionida o‘tgan bellashuvda mezbon «Qiziriq» jamoasi Afg‘onistonning «Istiqlol»i ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Dastlabki daqiqalar mehmonlar ustunligida o‘tdi, biroq birinchi bo‘lim oxirida mezbonlar tezkor qarshi hujumlardan ikki bor foydalanishdi. 

Ikkinchi bo‘lim ham teng kurashlar ostida kechdi. «Istiqlol» gol urishga urindi, ammo «Qiziriq» himoyani mustahkam ushlashni uddaladi.

Mavzuga oid