O‘zbekiston | 18:00 / 28.08.2024
4270
1 daqiqa o‘qiladi

Bandixon tumanidagi “Boysun chungulsoy” fermer xo‘jaligi birinchilardan bo‘lib paxta yetishtirish rejasini bajardi

Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida joylashgan “Boysun chungulsoy” fermer xo‘jaligi paxta yetishtirish bo‘yicha rejasini ortig‘i bilan bajargan ilk xo‘jaliklardan biriga aylandi. Fermer xo‘jaligi Birja orqali "Bandixon Tekstil Klaster" MChJga 47,5 tonna paxta topshirib, jamiyat bilan tuzilgan fyuchers shartnomasini to‘liq bajardi.

Bu ko‘rsatkich rejalashtirilgan 45,6 tonnadan yuqori bo‘lib, gektaridan 45 sentner mo‘l hosil olinganini ko‘rsatmoqda.

Shu tariqa fermer xo‘jaligi 2024 yilda paxta topshirish rejasini 105 foizga bajardi. Muvaffaqiyatli natijalar uchun xo‘jalik rahbari tuman hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Ta’kidlash joizki, tumanda jami 216 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 3692 gektar yer maydoniga chigit qadalgan. Bandixon tumanidagi fermer xo‘jaliklari paxta yetishtirishda yuqori samaradorlikni ko‘rsatmoqda.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid