O‘zbekiston | 12:12 / 28.08.2024
3121
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Suhbat avvalida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston xalq maslahati raisi davlat rahbariga Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning samimiy salomini yetkazdi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar. Faol siyosiy muloqot va almashinuvlar davom etmoqda, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi barqaror sur’atlar bilan o‘smoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yetakchi korxonalarning kooperatsiyasi kuchaymoqda.

Muntazam ravishda qo‘shma madaniy-gumanitar tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Suhbat chog‘ida transport-kommunikatsiya va energetika sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Mavzuga oid