Jahon | 13:11 / 28.08.2024
3323
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya yangi reaktiv tizimni sinovdan o‘tkazayotgani haqida xabar berdi

Sinovdan o‘tkazilayotgan raketa uchirish moslamasi yangi boshqaruv tizimi bilan jihozlangan. Avvalroq Shimoliy Koreya yangi kamikadze-dronni sinovdan o‘tkazgani haqida xabar bergan edi.

Foto: KCNA VIA KNS/AFP

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yangi yalpi o‘t ochish reaktiv tizimi sinovdan o‘tkazilayotganini e’lon qildi. 28 avgust, chorshanba kuni Shimoliy Koreya davlat OAV xabar berishicha, raketa uchirish moslamasi 240 mm kalibrga ega hamda yangi boshqaruv tizimi bilan jihozlangan.

Ikki kun avval Pxenyan yangi kamikadze-dron sinovdan o‘tkazilgani haqida e’lon qilgan edi. Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreyaning uchuvchisiz uchoqlarni yaratish dasturini yaqindan kuzatib borish niyatida ekanini bildirdi.

Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik

Xalqaro miqyosda yakkalanib qolgan Shimoliy Koreya yaqinda Rossiya bilan harbiy hamkorlikni kengaytirdi. Kuzatuvchilar KXDR artilleriya va qanotli raketalarni Ukrainaga qarshi urushda qo‘llash uchun Rossiyaga yuborish maqsadida sinovdan o‘tkazayotganini istisno qilmayapti.

AQSh va Janubiy Koreya KXDRni Rossiyaga o‘q-dorilar va raketalar yetkazib berishda ayblamoqda. Pxenyan ayblovlarni rad etib, ularni absurd deb atadi.

Shimoliy va Janubiy Koreya munosabatlari ayni damda chuqur inqiroz holatida. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Che In yangi turdagi qurollar, jumladan, taktik yadroviy qurollarni ishlab chiqish jadallashishini ma’lum qildi. O‘z navbatida, Janubiy Koreya va AQSh mudofaa sohasidagi hamkorlikni kengaytirdi.

Mavzuga oid