O‘zbekiston | 16:21 / 03.09.2024
47168
2 daqiqa o‘qiladi

Onix Qozog‘istonda O‘zbekistondagi chegirmali narxidan ham arzon sotilyapti

2024 yilning 7 oyida Qozog‘istonda Chevrolet brendi ostida 10 350 dona avtomobil sotilgan. Bu – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 2,5 barobarga kam. E’tiborlisi, Chevrolet Onix qo‘shni respublikada xaridorgir avtomobillardan biriga aylangan. Bunga ushbu modelning Qozog‘istonda O‘zbekistondagi chegirmali narxidan ham arzon sotilayotgani sabab bo‘lishi mumkin.

Foto: Kun.uz

Joriy yil iyul oyida Qozog‘istonda Chevrolet brendi ostida 2376 dona avtomobil sotilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,7 foizga kam.

2024 yilning yanvar-iyul oylaridagi umumiy ko‘rsatkich esa 10 350 donani tashkil etgan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning dastlabki 7 oyi davomida qo‘shni respublikada 25 432 dona Chevrolet avtomobili sotilgan.

Xitoy brendlarining Qozog‘iston avtomobil bozoridagi ulushi oshib boryapti. Chery, Jac, Haval, Jetaour, Changan, Geely va boshqa brendlarning savdo hajmi keskin ko‘paygan.

E’tiborlisi, iyul oyida Qozog‘istonda 1450 dona Cobalt (eng ko‘p sotilgan ikkinchi avtomobil modeli) va 579 dona Onix (eng ko‘p sotilgan beshinchi avtomobil modeli) xarid qilingan.

Chevrolet-auto.kz ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda Onix'ning bir qator modellari O‘zbekistondagi chegirmali narxlarga nisbatan ham arzonroq.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors'ning Chevrolet Onix sotuvidagi 15 mln so‘mlik chegirmasi 2024 yil 1 martdan buyon amal qilib kelmoqda.

Mavzuga oid