O‘zbekiston | 17:34 / 04.09.2024
7304
1 daqiqa o‘qiladi

O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto

Poytaxtda IIV Akademiyasining 30 yilligi munosabati bilan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ish boshladi. Unda o‘ndan ortiq davlatdan vakillar, bir necha davlatlarning elchilari ishtirok etmoqda.

Toshkent shahrida «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida yetuk professional kadrlarni tayyorlash: tendensiyalar va istiqbollar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda davlat boshqaruv hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar, BMT, YeXHTning O‘zbekistondagi vakolatxonalari vakillari, Ozarboyjon, Xitoy, Belarus, BAA, Eron, Saudiya Arabistoni davlatlarining elchilari qatnashyapti. Shuningdek, tadbirda Koreya, Belarus, Xitoy, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Eron, Singapur, BAA, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Hindiston davlatlarining politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari ham ishtirok etmoqda.

Kun.uz muxbiri 3 kun davom etadigan anjumanning birinchi kunidan fotoreportaj tayyorladi.

Mavzuga oid