O‘zbekiston | 11:40 / 10.09.2024
2483
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda 4 tup daraxt kesgan shaxs jarima va zarar uchun 27,8 mln so‘m to‘laydi

Tabiatga yetkazilgan zarar salkam 11 mln so‘m hisoblangan. Shuningdek, fuqaro BHMning 50 barobari miqdorida jarimaga tortilgan.

Photo: Ekologiya vazirligi

Xonqa tumanida yashovchi fuqaro 4 tup pavloniyani kesgani uchun jarimaga tortilgan va unga tabiatga yetkazilgan zarar ham hisoblangan. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Xorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Xonqa tuman bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazilgan.

Reyd davomida fuqaro T.B. tomonidan 4 tup pavloniya daraxtini qonunga zid tarzda kesganlik holati aniqlangan. Oqibatda, tabiatga 10 mln 880 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJTKning 79-moddasi 1-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari — 17 million so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

Mavzuga oid