Toshkent xalqaro kinofestivali boshqa muddatga qoldirildi
Bu O‘zbekistonda bir qancha boshqa yirik tadbirlar o‘tkazilishi bilan izohlandi.
«Ipak yo‘li durdonasi» XVI Toshkent xalqaro kinofestivali boshqa muddatga qoldirildi. Bu haqda festival tashkilotchilari veb-saytida xabar berildi.
Qayd qilinishicha, 15-19 sentabr kunlari poytaxtda o‘tkazilishi rejalashtirilgan kinofestival boshqa sanaga qoldirilgan. Bu boshqa bir qancha yirik tadbirlar, jumladan, futzal bo‘yicha Jahon chempionati, xalqaro forum va konferensiyalar o‘tkazilishi bilan izohlangan. Shuningdek, kinofestival tanlov dasturida ishtirok etish uchun arizalar qabuli to‘xtatilganiga qaramay, (60 dan ortiq davlatdan 400 dan ortiq film), xorijiy mamlakatlardan ishtirok uchun talabgorlar so‘rovi davom etayotgani ta’kidlangan.
Kinofestival tashkilotchilari yangi sana haqida xabar bermadi.
Mavzuga oid
11:04 / 02.12.2024
2025 yilda Rossiya shahrida Buxoro madaniyati kunlari o‘tkaziladi
12:31 / 29.11.2024
Vengriyada O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi
16:38 / 26.11.2024
Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshiriladi
14:07 / 26.11.2024