Zelenskiy Qora dengizda g‘alla ortilgan kemaga hujum uyushtirilganini ma’lum qildi
Ukraina Harbiy-dengiz kuchlarining ma’lum qilishicha, hujumga uchragan Aya kemasi Sent-Kits va Nevis bayrog‘i ostida suzadi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy rossiyalik harbiylar Qora dengizda Misr uchun mo‘ljallangan g‘alla ortilgan yuk kemasiga raketa zarbasini berganini ma’lum qildi.
«Qora dengizdagi bugungi zarba Ukraina hududiy suvlaridan chiqqan oddiy fuqarolik kemasiga berildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, baxtimizga, hech kim halok bo‘lmadi», — deb yozadi Zelenskiy Telegram’dagi kanaliga.
«Dunyoning munosabatini kutamiz. G‘alla va oziq-ovqat xavfsizligi hech qachon raketalar nishoniga aylanmasligi kerak», — deya qo‘shimcha qiladi Ukraina prezidenti.
Ukraina Harbiy-dengiz kuchlarining ma’lum qilishicha, hujumga uchragan Aya kemasi Sent-Kits va Nevis bayrog‘i ostida suzadi. Buyuk Britaniyaning Ambrey yuk tashish xavfsizligi kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari tomonidan uchirilgan raketa chap bortga shikast yetkazgan. Rossiya tomoni hozircha holatga hech qanday munosabat bildirmadi.
Reuters manbalarining ta’kidlashicha, zarba tunda Dunay daryosi etagidan uzoqroqda berilgan.
Yuk tashish xizmati ma’lumotlar bazasida keltirishicha, ushbu kema Afinada joylashgan VRS Maritime Service kompaniyasi tomonidan boshqariladi.
Mavzuga oid
08:36
AQSh Helsinki komissiyasi Rossiyada nomaqbul deb tan olindi
00:31
Apple o‘zining onlayn do‘konidan mustaqil OAV ilovalarini o‘chirib tashlayotganiga izoh berdi
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
22:30 / 25.12.2024