Bukmekerlik kompaniyasining logotipidan foydalangan reklama agentligi jarimaga tortildi
Tashqi reklama konstruksiyalarida “1XBET” belgisidan foydalangan “Hamkor reklama servis” reklama agentligi Raqobat qo‘mitasi tomonidan jarimaga tortdi. Qonunchilikka ko‘ra, qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar reklamasiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlari davomida “Hamkor reklama servis” MChJ tomonidan Toshkent shahrining Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida tashqi reklama konstruksiyalari orqali bukmekerlik “1XBET” reklama tovar belgisi ko‘rsatilgan holatlar aniqlandi.
Qo‘mita matbuot xizmatining xabar berishicha, holat bo‘yicha “Hamkor reklama servis” MChJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, qo‘mita vakolatlari doirasida qonunchilikda belgilangan tartibning maksimal miqdorida moliyaviy jarima qo‘llangan.
Shuningdek, to‘plangan hujjatlar javobgarlik masalalarini ko‘rib chiqish uchun prokuratura organlariga yuborilgan.
“Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 46-moddasiga muvofiq, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni reklama qilish taqiqlangan.
Qonunning 47-moddasiga binoan, reklama qilinishi qonunchilikda taqiqlangan mahsulot to‘g‘risida reklama tarqatish 100 BHM (34 mln so‘m) jarimaga sabab bo‘ladi.
Avvalroq, Raqobat qo‘mitasi reklama qonunchiligi yuzasidan telekanallarga ko‘rsatma xati yuborgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:10 / 13.12.2024
Onkologik kasalliklar davosi haqida reklama joylashtirgan MChJ jarimaga tortildi
16:39 / 27.11.2024
Raqobat qo‘mitasi bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi veb-saytlarni blokladi
09:43 / 14.11.2024
Qonuniy tashqi reklama konstruksiyasi noqonuniy buzilganda biznes-ombudsmanga xabar berish mumkin
12:28 / 11.11.2024