Isroil Bayrutga zarba berdi, «Hizbulloh» yetakchilaridan biri o‘ldirildi
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi hujum oqibatida uch kishi halok bo‘lgani va 17 kishi yaralangani haqida xabar berdi.
Isroil armiyasi 20 sentabr kuni Livan poytaxti Bayrut shahriga «yuqori aniqlikdagi» zarbalarni berdi. Raketa zarbalari dronlar yordamida amalga oshirilgani aytilmoqda.
Reuters xabariga ko‘ra, hujum nishoni «Hizbulloh»ning yuqori martabali vakili bo‘lgan.
Times of Israel guruhning sara bo‘limi katta qo‘mondoni Ibrohim Oqil o‘ldirilgani haqida xabar berdi. Avvalroq AQSh rasmiylari u haqidagi ma’lumot uchun 7 million dollar mukofot e’lon qilgan edi, chunki Vashingtonga ko‘ra, u 1980-yillarda Livandagi amerikalik asirlarni garovga olish va Bayrutdagi AQSh elchixonasini portlatishda ishtirok etgan.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi hujum oqibatida uch kishi halok bo‘lgani va 17 kishi yaralangani haqida xabar berdi.
Isroil armiyasi 19 sentabrdan «Hizbulloh» guruhi o‘rnashgan Livanning chegara hududlariga zarbalar berib kelmoqda. Isroil armiyasi bir kun ichida guruhning «yaqin kelajakda Isroil hududini o‘qqa tutish uchun foydalanishga tayyor bo‘lgan» yuzga yaqin raketa va obektlari yo‘q qilingani haqida xabar berdi. «Hizbulloh» yetakchisi Hasan Nasrulloh peyjyer portlashlarini terrorchilik harakati va urush e’lon qilish deb atadi.
Mavzuga oid
14:07
Isroilda favqulodda holat yana bir yilga uzaytirildi
16:05 / 24.12.2024
«Mossad» xodimlari «Hizbulloh» peyjerlari va ratsiyalarini portlatish amaliyoti qanday tayyorlanganini aytib berishdi
12:01 / 24.12.2024
Isroil Eronda Hamas yetakchisi Ismoil Haniyani o‘ldirganini ilk bor tan oldi
00:02 / 22.12.2024