Tabiblik litsenziyasiga ega bo‘lmagan shaxslar davolash xizmatini ko‘rsatgani uchun javobgarlik joriy qilinmoqda
Senatorlar ma’qullagan qonun bilan, xalq tabobati sohasida shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan mulkiy manfaatdor bo‘lish evaziga ko‘rsatilgan davolash xizmatlari uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Shuningdek, bunday xizmatlarni omma oldida targ‘ib qilish va reklamasi ham taqiqlanmoqda.
21 sentabr kuni Oliy majlis Senatining 57-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqilib, senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Qonun bilan aholi sog‘lig‘ini saqlash, kasalliklarning oldini olish hamda ularni davolash, shuningdek odamlarning sog‘lig‘i va farovonligini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, amaldagi qonunchilikda tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar SSV huzuridagi Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha maxsus komissiyaning xulosasiga asosan xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egaligi belgilangan.
Bunda sog‘liqni saqlash amaliyotida tashxis qo‘yish va davolashning faqatgina qo‘llashga ruxsat etilgan usullaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Shu bilan birga, qonunchilikda xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini ko‘rsatganlik, shuningdek, xizmatlarni xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor bo‘lish evaziga ko‘rsatganlik uchun javobgarlik choralari nazarda tutilmagan.
“Buning natijasida fuqarolar soxta tabiblarning qurboniga aylanmoqda, bunday xizmatlarning oqibatlari esa fuqarolarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin”, — deyiladi Senat axborotida.
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatilganlik, shuningdek, xizmatlarni xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor bo‘lish evaziga ko‘rsatganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Shuningdek, mazkur xizmatlarni omma oldida targ‘ib qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik o‘rnatilmoqda. Shuningdek, “Reklama to‘g‘risida”gi qonun xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini reklama qilishni taqiqlovchi norma bilan to‘ldirilmoqda.
Mavzuga oid
14:55 / 22.12.2024
Jismoniy shaxslarga yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
16:43 / 21.12.2024
Shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
17:20 / 18.12.2024
Kelgusi yilda ta’lim va fan sohasiga 86,3 trln so‘m yo‘naltiriladi - Tanzila Norboyeva
14:50 / 18.12.2024