AQSh Xitoy va Rossiya texnologiyasi mavjud «aqlli» avtomobillarni taqiqlashni taklif qilmoqda
Yangi tartib-qoidalar hozirda AQSh yo‘llarida harakatlanayotgan va Xitoy dasturiy ta’minoti o‘rnatilgan transport vositalariga taalluqli emas.
AQSh Savdo vazirligi milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqib Xitoy va Rossiya texnologiyalari foydalanilgan «aqlli» transport vositalari importi hamda ularning savdosini taqiqlashni taklif qildi, deb xabar beradi CNN.
AQSh hukumati tomonidan fevral oyida boshlangan tergovda Amerika transport vositalariga o‘rnatilgan Xitoy va Rossiyaga tegishli uskunalardagi dasturiy ta’minotlarda milliy xavfsizlikka tahdid mavjudligi aniqlangan.
«Ekstremal vaziyatda chet ellik dushman Qo‘shma Shtatlardagi barcha transport vositalarini bir vaqtning o‘zida to‘xtatib qo‘yishi yoki nazoratga olishi mumkin — bu esa yo‘llarning to‘silishiga yoki avariyalarga olib keladi», — deydi savdo vaziri Jina Raymondo.
Yangi tartib-qoidalar hozirda AQSh yo‘llarida harakatlanayotgan va Xitoy dasturiy ta’minoti o‘rnatilgan transport vositalariga taalluqli emas. Avtomobillar uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot uchun taqiq 2027 yilgi modellardan, ehtiyot qismlar taqiqi esa 2030 yildan kuchga kiradi.
«Agarda Xitoy yoki Rossiya, masalan, haydovchi qayerda yashashi, farzandlari qaysi maktabga borishi, u qaysi shifokorga qatnashi haqidagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritsa, bu amerikaliklarni zaif qilib qo‘yadi», — deydi vazir.
AQSh amaldorlari ma’lum ehtiyot qismlar yoki dasturiy ta’minot bilan jihozlangan elektr zaryad stansiyalari va boshqa infratuzilmalar Xitoy, Rossiya yoki boshqa xorij davlatlari hakerlari tomonidan buzib kirilishidan xavotirda.
Mavzuga oid
20:40 / 20.12.2024
Shimoliy Koreya hakerlari joriy yilda 1,3 mlrd dollarlik kriptovaluta o‘g‘irladi
18:22 / 28.11.2024
Hakerlar Uganda Markaziy bankidan salkam 17 mln dollar o‘g‘irladi
20:20 / 24.11.2024
Hyundai 42 mingdan ortiq avtomobilini chaqirib oladi
16:48 / 24.11.2024