SpaceX 2026 yilgacha Marsga beshta kema uchirmoqchi
Ilon Maskning aytishicha, agar SpaceX uchuvchisiz missiyalari muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, odamlar to‘rt yildan keyin qizil sayyoraga uchib ketishadi. Muammolar yuzaga kelsa, boshqariladigan parvozlar yana ikki yilga kechiktiriladi.
Amerikaning SpaceX kompaniyasi yaqin ikki yil ichida Marsga «taxminan beshta» ekipajsiz Starship kosmik kemasini uchirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 22 sentabr, yakshanba kuni ushbu ikki kompaniya rahbari Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi. «Agar ularning barchasi xavfsiz qo‘nsa, to‘rt yildan so‘ng ekipajli parvozlar mumkin bo‘ladi, agar muammolar yuzaga kelsa, ekipaj parvozlari yana ikki yilga qoldiriladi», deyiladi bayonotda. Maskning aniqlik kiritishicha, sinov bosqichining ikki yil davom etishi ularni faqat sayyoralar (Yer va Mars) «tenglashganda» o‘tkazish imkoniyati bilan bog‘liq, uning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki yillik siklga ega.
Tadbirkor shuningdek, SpaceX kosmik kemalarining qizil sayyoraga parvozlarini ishlab chiqish va uchirish «eksponensial darajada» oshirilishini bashorat qilmoqda. «Biz kosmik sayohatchi bo‘lishni istagan har bir kishi Marsga borish imkoniyatiga ega bo‘lishini istaymiz! Bu siz, oilangiz yoki do‘stlaringiz — ajoyib sarguzashtni orzu qilgan har bir kishini anglatadi. Oxir-oqibat Marsga minglab Starship kemalari boradi va bu ajoyib tomosha bo‘ladi!» — deb yozadi Mask.
Tadbirkor Yer yuzida qaytarib bo‘lmaydigan kollapslardan xavotirda
SpaceX rahbari Yerda «sivilizatsiyani zaiflashtiradigan, Marsga ta’minot kemalarini jo‘natish qobiliyati yo‘qotiladigan» qaytarilmas jarayonlar sodir bo‘lgunga qadar, insoniyat «barqaror ko‘p sayyorali» bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Bular orasida Mask yadroviy urush, ma’lum bir «supervirus» va demografik inqirozni sanadi.
Tadbirkor shaxsan o‘zi va kompaniyasi rivojlanishi uchun hozirgi zamonning eng katta muammosini Qo‘shma Shtatlardagi barcha yirik loyihalarga taalluqli bo‘lgan «byurokratik qog‘ozbozlik bilan bo‘g‘ish»da ko‘radi. U Kaliforniyani misol tariqasida keltirdi, u yerda, uning so‘zlariga ko‘ra, tezyurar temiryo‘lga qariyb 7 milliard dollar va bir necha yil sarflangan, buning natijasida shtat «atigi 1600 fut uzunlikdagi beton uchastkasini olgan (taxminan 500 metr)!»
Maskning siyosiy messeji
Xuddi shu xabarda, Marsga parvozlar e’lon qilinishidan boshlab, AQShda bo‘lajak prezidentlik saylovlarida Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampga xayrihox bo‘lgan Ilon Mask «Kamalaning potensial rejimi (demokratik nomzod Kamala Harris) bo‘yicha ko‘plab xavotirlar»ni bildirdi.
«Men hozirda Amerikani bo‘g‘ib o‘ldirayotgan byurokratiya demokratik ma’muriyat ostida o‘sishi aniq ekaniga ishonaman, bu Mars dasturini yo‘qqa chiqaradi va insoniyatni halok qiladi», deb yakunladi SpaceX rahbari va o‘z obunachilarini «insoniyat taqdiri chorrahasida» yordam berishga chaqirdi.
Mavzuga oid
12:59 / 18.12.2024
Olimlar Marsda suv topish ehtimolini baholadi
22:21 / 17.12.2024
SpaceX raketasi yangi avlod GPS sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
20:07 / 16.12.2024
WSJ: Ilon Mask o‘z kompaniyasi AQSh harbiylari va razvedka topshirig‘i bilan kosmosga nimalar jo‘natayotganini bilmaydi
22:55 / 11.12.2024