Mang‘istov-Nukus yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdda yong‘in yuz berdi
Hodisada hech kim tan jarohati olmagani va halok bo‘lmagani aytilmoqda. Yong‘in o‘chirilgach, poyezd Nukusga 1 soat kechikib yetib kelgan.
Qozog‘istonning Mang‘istov shahri va Nukus oralig‘ida qatnovchi poyezd harakatlanib ketayotganda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ matbuot kotibi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 19 sentabr kuni soat 14:47 da Mang‘istau – Nukus yo‘lovchi poyezdi teplovozining “B” seksiyasining turbokompressoridan uchqun chiqa boshlagan va bu vagonlararo tutashuvlarda maxsus rezina plastinalarning (sufle) yonishiga olib kelgan.
Mashinist tomonidan teplovoz harakat tarkibidan soat 14:50 da uzilib yong‘in bartaraf qilingan va u soat 15:30 da harakatni davom ettirgan. Yuqorida keltirib o‘tilgan holat bo‘yicha fuqarolarga va yo‘lovchi vagonlariga shikast yetmagan.
Yong‘in bartaraf qilinib poyezd soat 15:30 da harakatni davom ettirgan. Yo‘lovchi poyezd Nukus stansiyasiga soat 16:23 da 1 soat 3 daqiqa jadvaldan kech kirib kelgan.
Qayd etilishicha, mas’ul shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilgan va qolgan lokomotivlar yong‘in xavfsizligi bo‘yicha takroriy tekshiruvlardan o‘tkazilgan. Hozirda lokomotiv ta’mirlanib, foydalanishga tayyor.
Mavzuga oid
20:04 / 21.12.2024
G‘oyib bo‘lgan mashinalar ishi: asosiy figurant Abdulla Abdurasulovning sheriklari qamaldi, uning o‘zini tergovchi qo‘yib yuborgan
16:15 / 19.12.2024
Poyezdda yo‘lovchilarga choy, ichimlik suvi va shakar bepul beriladi
10:22 / 19.12.2024
Murmansk oblastida ikki poyezd to‘qnashib ketdi
15:00 / 18.12.2024