Tver oblastidagi qurol omborlarining ukrain dronlari hujumidan keyingi ko‘rinishi e’lon qilindi
Ukrain harbiylari so‘nggi kunlarda Rossiya armiyasining Tver oblastidagi ikkita o‘q-dori omboriga - Toropets va Oktyabrskiydagi omborlarga dronlar orqali zarbalar berdi. «Meduza» Maxar Technologies kompaniyasi tomonidan olingan, dronlar orqali ushbu omborlarga yo‘llangan zarbalar oqibatlari aks etgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini namoyish etdi.
RF mudofaa vazirligi Bosh raketa-artilleriya boshqarmasining Tver oblasti Toropets shahridagi 107-arsenalida 18 avgustga o‘tar kechasi uyushtirilgan dronlar hujumi oqibatida yirik yong‘in ro‘y bergan. Shahar aholisining bir qismi evakuatsiya qilingan, dronlar hujumidan bir necha kun o‘tib ham o‘q-dorilar portlashi davom etgan.
21 sentabrga o‘tar kechasi ukrain dronlari Tver oblastidagi yana bir o‘q-dori omboriga zarba berdi — bu safar boshqarmaning Oktyabrskiy posyolkasidagi 23-arsenali hujumga uchragan. Sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi MT Anderson OSINT-tadqiqotchisi kelgan xulosaga ko‘ra, Oktyabrskiyda o‘q-dorilar detonatsiyasi oqibatida «58 dan ortiq ombor binolari va ko‘p sonli ochiq maydonchalar kulga aylangan yoki jiddiy shikastlangan».
Mavzuga oid
09:12
Ukraina: Rossiya KXDR askarlariga soxta hujjatlar beryapti
23:25 / 22.12.2024
Rossiyada safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
00:36 / 22.12.2024
Moskva aeroportida Rossiya ta’lim vazirining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi
22:14 / 21.12.2024