O‘zbekiston | 11:30 / 25.09.2024
1058
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Kabo-Verde o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

Afrikadan shimoli-g‘arbda joylashgan Kabo-Verde orol-mamlakati O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 150-davlat bo‘ldi.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Kabo-Verde tashqi ishlar, hamkorlik va mintaqaviy integratsiya vaziri Ruy Alberto de Figeyredo Soaresh bilan uchrashdi.

"Kabo-Verde tashqi ishlar, hamkorlik va mintaqaviy integratsiya vaziri doktor Ruy Alberto de Figeyredo Soaresh janoblari bilan birgalikda O‘zbekiston va Kabo-Verde o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma Kommyunikeni imzoladik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – Shubhasiz, yangi hamkorlik mamlakatlarimiz xalqlari uchun yangi imkoniyatlar ochadi".

Afrikadan shimoli-g‘arbda joylashgan Kabo-Verde orol-mamlakati O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 150-davlat bo‘ldi.

Avvalroq, 2024 yilning 2 may kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Jibuti o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommyunike ham imzolangan edi.

Mavzuga oid