Qozog‘istonda o‘zining ichki organlarini qariyb 19 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Aqto‘be viloyati prokuraturasi xodimlari internet makonini monitoring qilish davomida qozog‘istonlik fuqaro ichki organlarini sotish bo‘yicha noqonuniy kelishuvga erishmoqchi bo‘lganidan xabar topgan.
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yashovchi fuqaro o‘zining ichki organlarini 9 million tengega (18,8 ming dollar) sotishga urindi.
Aqto‘be viloyati prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, xodimlar internet makonini monitoring qilish davomida qozog‘istonlik fuqaroning o‘z ichki organlarini sotish bo‘yicha noqonuniy kelishuvga erishmoqchi bo‘lganidan xabar topgan.
«25 sentabr kuni prokuratura tashabbusi bilan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida o‘zining ichki organlarini jami 9 million tengega sotish bo‘yicha noqonuniy bitim tuzmoqchi bo‘lgan fuqaro Ye. ushlandi», — deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qozog‘istonda 5 sentabrdan «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirgan, uning doirasida Jinoyat kodeksiga jinoyatlarning yangi toifasi — odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar, shuningdek, «jinsiy xarakterdagi boshqa xizmatlar» degan yangi tushuncha kiritilgan.
Mavzuga oid
17:57
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
11:34
Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
20:04 / 21.12.2024
G‘oyib bo‘lgan mashinalar ishi: asosiy figurant Abdulla Abdurasulovning sheriklari qamaldi, uning o‘zini tergovchi qo‘yib yuborgan
15:00 / 18.12.2024