Sport | 18:25 / 01.10.2024
9684
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston milliy jamoasining BAA va Eronga qarshi o‘yinlar uchun chaqirilgan futbolchilari ma’lum bo‘ldi

Ikkala o‘yin ham Toshkentda o‘tkaziladi: o‘zbekistonliklarga 10 oktyabr kuni Eron, 15 oktyabr kuni BAA raqib bo‘ladi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets JCh-2026 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi BAA va Eronga qarshi o‘yinlar uchun chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ular quyidagilar:

Darvozabonlar: O‘tkir Yusupov («Fulad», Eron), Abduvohid Ne’matov («Nasaf»), Botirali Ergashev («Neftchi»).

Himoyachilar: Umar Eshmurodov («Selangor», Malayziya), Rustam Ashurmatov («Rubin», Rossiya), Husniddin Aliqulov («Rizespor», Turkiya), Abduqodir Xusanov («Lans», Fransiya), Farruh Sayfiyev («Navbahor»), Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»), Sherzod Nasrullayev («Nasaf»).

Yarimhimoyachilar: Otabek Shukurov («Al-Fayxa», Saudiya Arabiston), Abdulla Abdullayev («Paxtakor»), Odiljon Hamrobekov («Navbahor»), Aziz Turg‘unboyev («Sivasspor», Turkiya), Akmal Mozgovoy («Nasaf»), Jamshid Iskanderov («Navbahor»), Abdurauf Bo‘riyev («Paxtakor»).

Hujumchilar: Eldor Shomurodov («Roma», Italiya), Jaloliddin Masharipov («Istiqlol», Eron), Bobir Abdixoliqov («Nasaf»), Abbosbek Fayzullayev (TsSKA, Rossiya), Hojimat Erkinov («Al-Vahda», BAA), Oston O‘runov («Persepolis», Eron).

Mashg‘ulotlar 7 oktyabrdan boshlanadi.

JCh-2026 saralashi uchinchi bosqichining «A» guruhida O‘zbekiston milliy jamoasi KXDR (1:0) va Qirg‘iziston (3:2) ustidan qozonilgan g‘alabalardan so‘ng 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Navbatdagi ikkita o‘yin Toshkentda o‘tkaziladi: o‘zbekistonliklarga 10 oktyabr kuni Eron, 15 oktyabr kuni BAA raqib bo‘ladi.

Mavzuga oid