BMT bosh kotibiga Isroilga kirish taqiqlandi
Antoniu Guterrish Isroilda «persona non grata» deb e’lon qilindi. U Eronning Isroilga qilgan hujumini qoralamaganlikda ayblandi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilda «persona non grata» deb e’lon qilindi va mamlakatga kirishi taqiqlandi. Bu haqda Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats ma’lum qildi.
«Dunyodagi deyarli har bir davlat qilganidek, Eronning Isroilga qilgan jirkanch hujumini so‘zsiz qoralay olmasa, Isroil tuprog‘iga qadam qo‘yishga loyiq emas. U Isroilga qarshi bosh kotib, u terrorchilar, zo‘ravonlar va qotillarni qo‘llab-quvvatlaydi», deb Kats so‘zlarini keltirdi Haaretz.
Kats so‘zlariga ko‘ra, Guterrish haligacha Hamasning 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga uyushtirgan hujumini qoralamagan va uni terrorchi tashkilot deb e’lon qilishga urinmagan.
Bir kun oldin, Eron Isroilga raketa hujumini uyushtirganidan so‘ng, BMT bosh kotibi X ijtimoiy tarmog‘ida «Yaqin Sharqdagi mojaroning tobora keskinlashuvini qoralayman, bunga barham berish kerak. O‘t ochish mutlaqo to‘xtatilishi lozim», deb yozdi, ammo na Eron va na Isroilni eslatib o‘tmadi.
Mavzuga oid
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
16:40 / 20.12.2024
G‘azoda harbiy bazalar qurilmoqda. Isroil mustahkam o‘rnashib olmoqchi
18:08 / 19.12.2024
Isroil ilk bor Yaman poytaxtiga zarba berdi
14:47 / 18.12.2024