O‘zbekiston | 14:10 / 03.10.2024
2124
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni haftasiga 48 taga oshirildi

O‘zbekiston Transport vazirligi delegatsiyasi Seul shahrida Janubiy Koreya aviatsiya ma’muriyati bilan muzokaralar o‘tkazdi. 

Foto: Transport vazirligi

Muzokaralar natijasiga ko‘ra tomonlar o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Bunda quyidagi kelishuvlarga erishildi:

  • ikki mamlakat o‘rtasida tayinlangan aviakompaniyalar soni bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi;
  • O‘zbekiston bilan Koreya o‘rtasidagi amaldagi muntazam aviaqatnovlar sonini har bir tomon aviakompaniyalari uchun haftasiga 10 tadan 24 taga oshirish huquqi berildi.

Bu ikki mamlakat o‘rtasida har bir tomon aviakompaniyalariga haftasiga 24 tadan, ikki mamlakat o‘rtasida jami 48 ta aviaqatnovni amalga oshirish imkonini beradi.

Bunda:

  • har ikki davlat tayinlangan aviakompaniyalariga har bir tomondan Toshkent va Seul shaharlari o‘rtasida haftasiga 12 tagacha;
  • Koreyaning hududiy viloyatlaridan Toshkent shahriga haftasiga 4 tagacha;
  • O‘zbekistonning hududiy viloyatlaridan Seul shahriga haftasiga 4 tagacha;
  • O‘zbekiston va Koreya hududiy viloyatlari o‘rtasida haftasiga 4 tagacha muntazam aviaqatnov amalga oshirish huquqi berildi.

Mavzuga oid