Rossiya sudi AQSh ikki bankining 372 mln dollarlik hisobraqamlarini xatlovga oldi
Qaror Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasining Ukraina regulyatorlari hamda New York Mellon va JPMorgan banklariga nisbatan Ukraina tomonidan Sberbankning Ukrainadagi shu’basi bo‘lgan XZ Bank mulkini noqonuniy olib qo‘yganligini tan olish to‘g‘risidagi da’vosi doirasida qabul qilindi.
2 oktyabr, chorshanba kuni Moskva oblasti arbitraj sudi Rossiya Bosh prokuraturasi talabiga binoan Amerikaning Bank of New York Mellon va JPMorgan Chase Bank banklari Rossiyadagi hisobraqamlaridagi 372 million dollarni xatlovga oldi.
Sud bu qarorni Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasining Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi, Ukraina Milliy banki, Ukraina Milliy investitsiya jamg‘armasi davlat korxonasi, Bank of New York Mellon va JPMorgan Chase Bank'ga qarshi jamoaviy da’vosi doirasida qabul qildi. Da’voga sabab, Rossiya tomonining fikricha, 2022 yil bahorida Ukraina Milliy jamg‘armasiga Sberbankning sobiq Ukraina shu’ba korxonasi – XZB (Xalqaro zaxira banki)ning muzlatilgan aktivlari noqonuniy o‘tkazilishi bo‘lgan. XZB Ukrainada olib qo‘yish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni Bank of New York Mellon va JPMorgan Chase Bank hisobraqamlariga joylashtirgan.
Reuters: YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirish yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda
Yevropa Ittifoqi Rossiya Markaziy banki aktivlarini muzlatish, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi uchun kiritilgan sanksiyalarni uzaytirishning yangi mexanizmlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda 13 sentabr kuni manbalarga tayanib, Reuters xabar berdi.
Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, yevropalik diplomatlarga mablag‘larni keyingi muzlatish bo‘yicha bir nechta ssenariylar taklif qilingan. Birinchisi, Rossiya Federatsiyasi aktivlarini besh yil davomida muzlatish, ammo bu qarorni har yili qayta ko‘rib chiqish. Bunday holda, uni bekor qilish uchun ko‘pchilik ovoz talab qilinadi. Ikkinchi ssenariy - muzlatish muddatini har uch yilda bir marta bir ovozdan uzaytirish. Uchinchisi, Rossiyaga qarshi barcha sanksiyalarni har uch yilda bir marta uzaytirish.
Hozirgi vaqtda cheklovlar har olti oyda bir marta yangilanishi kerak va qaror qabul qilish uchun bir ovozdan ma’qullash talab etiladi. Reuters agentligining ta’kidlashicha, Yevrokomissiya bu ma’lumotga izoh berishdan bosh tortgan.
Rossiya muzlatilgan aktivlari Kiyevga 50 mlrd dollarlik kredit ajratishda muhim rol o‘ynaydi
2024 yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan «katta yettilik» (G7) sammiti chog‘ida Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen tashkilotga a’zo barcha davlatlar Ukrainaga yil oxirigacha garov sifatida 50 milliard dollar miqdorida kredit berishga tayyorligini tasdiqlaganliklarini e’lon qildi.
Bu mablag‘ning yarmini Kiyevga Yevropa Ittifoqi davlatlari, qolgan yarmini esa G7 boshqa a’zolari to‘lashi kutilmoqda. Kiyev kreditni Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan unga o‘tkazilgan foizlar hisobidan to‘lashi kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
13:31
BMW Rossiyaga avtomobil yetkazish bilan bog‘liq qonunbuzarliklarni tan oldi
09:12
Ukraina: Rossiya KXDR askarlariga soxta hujjatlar beryapti
23:25 / 22.12.2024
Rossiyada safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
00:36 / 22.12.2024