Jahon | 18:55 / 05.10.2024
11409
1 daqiqa o‘qiladi

JSST bolalarning mobil telefonlardan foydalanishini qonunan cheklashga chaqirdi

O‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlarning bolalar ruhiy salomatligiga salbiy ta’siri kuchayib borayotgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Getty Images

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) voyaga yetmaganlarning smartfonlardan foydalanishini tartibga soluvchi qonunchilikni talab qilmoqda, deb yozdi Politico.

JSST Sog‘liqni saqlash tizimlari va siyosati bo‘yicha Yevropa direktori Natasha Atssopardi-Muskat so‘zlariga ko‘ra, o‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlar bolalarning ruhiy salomatligiga salbiy ta’siri kuchayib bormoqda. Uning fikricha, yosh cheklovlarini joriy etish, narxlarni nazorat qilish va smartfonlardan foydalanish taqiqlangan hududlarni tashkil qilish kerak.

Atssopardi-Muskatning fikricha, bolalar «raqamli dunyoni nazorat qilishi va raqamli dunyo ularni boshqarishiga yo‘l qo‘ymasligi uchun savodli va malakali bo‘lishi kerak».

JSST tomonidan o‘tgan oyda e’lon qilingan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, har 10 nafar yevropalik o‘smirdan biri raqamli qaramlikka ega.

Mavzuga oid