Kremlga yaqin VK'da ommaviy ishdan bo‘shatishlar kuzatilyapti
Kompaniya xodimlarining ta’kidlashicha, xodimlarning qisqarishi ko‘p milliard dollarlik yo‘qotishlar fonida sodir bo‘lmoqda. VK'ning o‘zi ommaviy ishdan bo‘shatishlarni rad etdi.
Kreml nazoratidagi VK IT korporatsiyasida ommaviy ishdan bo‘shatishlar boshlandi, bu IT-mutaxassislarga ham ta’sir qildi, deb xabar berdi «Ostorojno, novosti» Telegram-kanali 4 oktyabr, juma kuni kompaniyaning bir qancha xodimlariga tayanib. Ularga ko‘ra, ishdan bo‘shatilganlar soni allaqachon 300 kishiga yetgan va ko‘payishi mumkin. Ishdan bo‘shatishdan oldin xodimlarga «aniq ishdan bo‘shatish» haqida aytiladi, ikki yoki uchta ish haqi olish va kompaniyani o‘z xohishi bilan tark etish taklif etiladi.
Boshqa bir manbaning ta’kidlashicha, ishdan bo‘shatish fakti «sohada bir necha kundan beri muhokama qilinmoqda, ammo kompaniyadan rasmiy bayonotlar yo‘q». «Kompaniya hech qanday e’lon bermaydi, odamlarga sekingina bir kundan keyin bo‘shash kerak, degan »taklif« aytiladi. Hamma xonadagi filni sezmagandek bo‘lib yurishga majbur bo‘lyapti», — deydi xodimlardan biri.
O‘z navbatida, «Novaya.Yevropa» nashrining VK ichidagi manbalari allaqachon 300 dan ortiq odam ishdan bo‘shatilganini bildirdi. «Ba’zi bo‘linmalarda barcha xodimlarning yarmiga yaqini ishdan olindi», deb tushuntirdi kompaniya rahbariyatiga yaqin suhbatdosh «Novaya.Yevropa» nashriga. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya ichida qisqartirishlar haqidagi ma’lumot va hatto ularni chatlarda muhokama qilish qattiq taqiqlangan. Bu ma’lumotni «Novaya.Yevropa» nashriga VK ikki xodimi tasdiqladi.
«Ostorojno, novosti» manbalari qisqartirishni korporativ xarajatlarni optimallashtirish zarurati bilan izohlaydi. Forbes jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, VK Rossiyaning eng ko‘p zarar ko‘rayotgan beshta kompaniyasidan biridir. 2022 yilda uning sof zarari, jurnalistlarning fikriga ko‘ra, 32,6 milliard rublni, 2023 yilda — 34,3 milliard rublni tashkil etdi. 2024 yilning birinchi yarmida zarar ikki baravar ko‘payib, 24,6 milliard rublni tashkil qildi.
VK kompaniyasining 45 foizi Yuriy Kovalchukning «Sogaz» kompaniyasiga, 45 foizi esa «Gazprom-Media xoldingi»ga tegishli. VK'ning o‘zi ommaviy ishdan bo‘shatishlarni rad etdi. «VK ishdan bo‘shatishlarni rejalashtirmayapti. VK xodimlari soni 2024 yil boshidan beri o‘zgarmadi va salkam 15 000 kishini tashkil qiladi. Hozirda VK'da turli sohalarda o‘nlab bo‘sh ish o‘rinlari mavjud», deb xabar berdi kompaniya.
Mavzuga oid
11:23 / 11.12.2024
Kreml G‘arb bilan yangi mahbuslar almashinuvini istisno etmadi
15:25 / 19.11.2024
Kreml AQShning RFga ATACMS zarbalari haqidagi qaroriga munosabat bildirdi
09:10 / 29.10.2024
Kreml Gurjistondagi saylovlarga aralashgani bo‘yicha ayblovlarni rad etdi
23:50 / 30.09.2024