O‘zbekiston | 15:20 / 07.10.2024
614
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Haydarov Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining Yevropa ishlari bo‘yicha byurosi bosh direktori o‘rinbosari, Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Masaki Ishikava bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar keyingi yillarda ijobiy sur’atni namoyon etayotgan O‘zbekiston-Yaponiya strategik sherikligi kun tartibining dolzarb jihatlarini ko‘rib chiqdilar.

Avval erishilgan kelishuvlarni har tomonlama ro‘yobga chiqarish, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida maslahatlashuvlarni davom ettirish, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda o‘zaro hamkorlikning belgilangan mexanizmlaridan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, turizm va madaniyat sohalaridagi aloqalarni kengaytirish hamda turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Mavzuga oid