O‘zbekiston | 11:55 / 11.10.2024
1735
2 daqiqa o‘qiladi

Kiberxavfsizlik sammiti doirasida tashkil qilingan hakerlar musobaqasi yakunlandi

Toshkentda Kiberxavfsizlik sammiti doirasida tashkil qilingan “CYBERKENT 2.0” hakerlar musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi. Red team va Blue team yo‘nalishlarida g‘olib jamoalarning har biriga 50 million so‘mgacha pul mukofotlari berildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahrida “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevrosiyo CSS 2024” II Xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo‘lib o‘tdi. 10 oktyabr kuni sammit doirasida “CYBERKENT 2.0” – Red team va Blue team yo‘nalishlarida kiberxavfsizlik musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda Blue team jamoasi – tashkilotning virtual infratuzilmasini himoya qilishda qalqon bo‘lib, har xil turdagi hujumlarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish bilan shug‘ullandi. Red team jamoasi — kiberxavfsizlik sohasida tashkilotning xavfsizlik holatini sinab ko‘rish va tizimlaridagi zaifliklarni aniqlash uchun mo‘ljallangan maxsus jamoalar hisoblanadi. Ularning asosiy vazifasi tashkilotning virtual infratuzilmasiga hujum qilib, zaifliklarni aniqlash va ulardan foydalanishdir.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Blue team (Himoyachi jamoa) yo‘nalishida o‘rin olgan jamoalar:

- SHAPTOLI (50 mln so‘m);

- SHADOWGUARD (30 mln so‘m);

- HACKTHETACK (10 mln so‘m).

Red team (Hujumchi jamoa) yo‘nalishida o‘rin olgan jamoalar:

- Chill Chain (50 mln so‘m)

- n1nject10n (30 mln so‘m)

- Cybernetic (10 mln so‘m)

CTF MASTER yo‘nalishida o‘rin olgan jamoalar:

- Santa Team (10 mln so‘m)

- DDost4r (6 mln so‘m)

- GreatMasters (3 mln so‘m)

HACK ATM yo‘nalishida o‘rin olgan ishtirokchilar:

- Sh.A.Asliddinov (10 mln so‘m)

- Sh.A.Turg‘unov (6 mln so‘m)

- O.N.Tursunov (3 mln so‘m)

HACK SMARTHOME yo‘nalishida o‘rin olgan ishtirokchilar:

- I.B.Jo‘rayev (10 mln so‘m)

- J.G‘.G‘ofurjonov (6 mln so‘m).

Mavzuga oid