O‘zbekiston | 16:34 / 12.10.2024
5059
2 daqiqa o‘qiladi

Karmana tumani hokimi intizomiy jazoga tortildi 

Karmana tumani hokimi Valijon Adizov ish faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun jazolandi. U o‘ziga yuklatilgan lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajarmay kelgan.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Navoiy viloyati Karmana tumani hokimi Valijon Adizovga intizomiy jazo chorasi qo‘llangan. Bu haqda Navoiy viloyat hokimining farmoyishi qabul qilingan

Hujjatda keltirilishicha, Valijon Adizov ish faoliyati davomida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hamda o‘ziga yuklatilgan lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajarmay kelgan. Unga Mehnat kodeksining 312-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llangan. Bunga asos sifatida Valijon Adizovning viloyat hokimi nomiga yozgan tushuntirish xati keltirilgan.

Valijon Adizov 2024 yilning yanvar oyida Faxriddin Umarov o‘rniga Karmana tumani hokimi etib tayinlangandi. Bungacha u Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Avvalroq Qo‘shrabot hokimi Dilshod Shakarboyev o‘rinbosarlarini haqoratlagani uchun intizomiy jazoga tortilgandi

Mavzuga oid