O‘zbekiston | 11:10 / 12.10.2024
2630
1 daqiqa o‘qiladi

Katta inspektor-psixologlar va ularga doir vakolat ichki ishlardan MGga o‘tkazilmoqda

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisiga birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlanmoqda. 

Foto: Kun.uz

Qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha katta inspektor-psixologlar va inspektor-psixologlarga doir vakolatlarini Milliy gvardiya organlariga o‘tkazishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Milliy gvardiyaning bolalar bilan ishlash boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarining:

  • ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi;
  • bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik;
  • jamoat joylarida tamaki yoki alkogol mahsulotini iste’mol qilganlik;
  • voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlik bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga doir vakolatlarini mustahkamlovchi o‘zgartirishlar kiritilishi nazarda tutilmoqda.

Mavzuga oid