Jahon | 23:37 / 13.10.2024
4267
2 daqiqa o‘qiladi

Tayvan Xitoy aviatashuvchisi sabab o‘z qo‘shinlarini jangovar shay holatga keltirdi

«Lyaonin» aviatashuvchisi AQSh bosh kotibi Entoni Blinken Xitoyni Tayvanga qarshi «provakatsion» choralar ko‘rmaslik borasida ogohlantirganidan keyin paydo bo‘ldi. 

Foto: Pixabay

Tayvan o‘z sohillari yaqinida Xitoyga tegishli «Lyaonin» aviatashuvchisini payqab qolganidan keyin qo‘shinlarini «jangovar shay holatga» keltirdi.

Tayvan Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, aviatashuvchi Bashi bo‘g‘ozi suvlariga kirgan va u Tinch okeanining g‘arbiy qismi tomon harakatni davom ettirishi mumkin». Armiya «jangovar shay holatda» turibdi va «zarurat tug‘ilishi bilan chora ko‘rishga tayyor».

«Lyaonin» aviatashuvchisi AQSh bosh kotibi Entoni Blinken Xitoyni Tayvanga qarshi «provakatsion» choralar ko‘rmaslik borasida ogohlantirganidan keyin paydo bo‘ldi. 

10 oktyabr kuni Tayvan prezidenti Lay Lay Tsinde mamlakat Milliy bayramini nishonlash vaqtida so‘zlagan nutqi davomida Taybey Pekin «anneksiyasiga» qarshilik ko‘rsatishini, Tayvan Xitoyga «bo‘ysunmasligini» ta’kidladi. 

Shundan keyin Xitoy Layning «provokatsiyasi» Tayvan xalqini «halokatga» yetaklashi mumkinligidan ogohlantirdi.

So‘nggi yillarda Xitoy Tayvan atrofida o‘zining harbiy faoliyatini faollashtirgan va u yerga muntazam qiruvchi samolyotlarni yuborib turmoqda. Xitoy kemalari tez-tez Tayvan suvlariga kirib turadi. Xitoy Tayvanni o‘ziga tegishli hudud va uni materik bilan birlashtirish kerak deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tamiz, may oxirlarida Xitoy Tayvan yaqinida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgan edi. Ikki kun davom etgan manyovrlarda 111 ta samolyot va o‘nlab kemalar ishtirok etgan. Xitoy harbiylariga ko‘ra, mashg‘ulotlarda havo va dengiz patrullari, muhim nishonlarga aniq zarbalar hamda Tayvanga tegishli orollar va undan tashqaridagi operatsiyalar bilan birgalikda armiya bo‘linmalarining jangovar qobiliyati sinovdan o‘tkazilgan.  

Mavzuga oid