Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Daron Ajyemo‘g‘li, Saymon Jonson va Jyeyms Robinsonga berildi
Ular “institutlarning shakllanish jarayonlari va ularning iqtisodiy farovonlikka ta’sirini tadqiq qilgani uchun” taqdirlandi.
Iqtisodiyot bo‘yicha 2024 yilgi Nobel mukofoti Massachusets texnologiyalar instituti professorlari Daron Ajyemo‘g‘li va Saymon Jonson hamda Chikago universiteti professori Jyeyms Robinsonga nasib etdi.
Uch nafar iqtisodchi “institutlarning shakllanish jarayonlari va ularning iqtisodiy farovonlikka ta’sirini tadqiq qilgani uchun” bu yilgi mukofotga sazovor bo‘ldi.
Nobel qo‘mitasi bayonotida ta’kidlanishicha, yangi Nobel mukofoti sohiblarining tadqiqotlari har bir mamlakat farovonligi uchun ijtimoiy institutlarning ahamiyatini tushunishga yordam beradi:
“Qonun kuchsiz bo‘lgan va ijtimoiy institutlar aholini ekspluatatsiya qiladigan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish yoki ijobiy o‘zgarishlar yuz bermaydi. Sovrindorlarning izlanishlari bizga buning sabablarini anglashga yordam beradi”.
2023 yilda amerikalik iqtisodchi Klaudiya Goldin ayollarning mehnat bozoridagi rolini o‘rganishga oid tadqiqotlari uchun Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 martida ushbu olimlardan biri Jyeyms Robinson O‘zbekistonga kelgandi. Robinson Daron Ajyemo‘g‘li bilan hammullaflikda yozilgan “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobi tarjimasi taqdimotida qatnashgandi.
Olim Kun.uz'ga bergan intervyusida avtoritar davlatlarda inklyuziv institutlar qurish, mustamlakadan keyin davlatlarning rivojlanishi qiyin kechishi, ongli ravishda qilinadigan “xatolar” va kitobidagi “paxta qiroli” – O‘zbekistonga atalgan parchalar haqidagi savollarga javob bergandi.
Mavzuga oid
10:26
Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi
21:28 / 19.12.2024
2025 yilda 43 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda
21:11 / 19.12.2024
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari e’lon qilindi
13:41 / 16.12.2024