O‘zbekiston FVV kunlar sovishi tufayli ogohlantirish bilan chiqdi
Kunlar sovishi munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi isitish pechlaridan foydalanishda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga chaqirmoqda.
Vazirlik fuqarolarga quyidagi tavsiyalarni berdi:
- isitish pechlari va ularning dudburonlari sozligi, turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmagani hamda yoriqlar yo‘qligiga alohida e’tibor qaratish;
- gaz uskunalarini ulash tartib-qoidalariga rioya qilish va ularga rezina shlanglar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymaslik;
- maxsus tashkilotlar tomonidan dudburonlarning o‘z vaqtida tozalanishiga e’tibor qaratish.
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020—2022 yillar va 2023 yilning 9 oyi davomida is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq 245 ta noxush holat yuz bergan. Buning oqibatida 200 nafar fuqaro jarohatlangan, 421 nafari halok bo‘lgan.
«Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi «Aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tashkil etilgan Respublika komissiyasi faoliyati kutilgan samaralarni bermayapti», — deyilgan edi qo‘mitaning 2023 yilda o‘tkazilgan yig‘ilishida.
Mavzuga oid
16:36 / 20.12.2024
Qarshida bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan zaharlangan - ekspertiza
16:25 / 20.12.2024
Chorvoqda bir oilaning uch a’zosi gazdan zaharlanib vafot etdi
17:32 / 19.12.2024
Qarshidagi fojianing gaz yoki is gazi bilan bog‘liqligi ehtimoldan yiroq - “Hududgazta’minot”
12:07 / 19.12.2024