Jahon | 09:40 / 15.10.2024
6322
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng qashshoq mamlakatlari 2006 yildan beri eng yuqori qarzga ega

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyodagi eng qashshoq mamlakatlarning iqtisodiyoti COVID-19 pandemiyasidan oldingi holatga qaraganda yomonroq. Ularning davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha 72 foizini tashkil qiladi.

Jahon banki binosi Foto: AFP / Daniel SLIM

Jahon bankining 13 oktyabr, yakshanba kuni e’lon qilingan hisobotida aytilishicha, dunyoning 20 dan ortiq qashshoq mamlakatlari «2006 yildan beri eng yuqori qarz darajasiga ega».

Matnda ta’kidlanishicha, eng qashshoq mamlakatlarning yalpi ichki mahsulotidagi xalqaro yordam ulushi so‘nggi yigirma yildagi eng past darajaga tushib ketgan, bu «ularning ko‘pchiligini noqulay shartlarda moliyalashtirishni olishga majbur qiladi». 

Shunday qilib, ularning davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha 72 foizini tashkil etadi, aholi jon boshiga o‘rtacha yillik daromadi 1145 dollarga teng. 

26 ta eng qashshoq mamlakatning iqtisodiy ko‘rsatkichlari bugungi kunda COVID-19 pandemiyasidan oldingiga qaraganda pastroq, garchi dunyoning qolgan iqtisodiyotlari «asosan tiklangan», deyiladi hisobotda.

Mavzuga oid