O‘zbekiston | 16:00 / 16.10.2024
13585
3 daqiqa o‘qiladi

KNAUF O‘zbekistonda past uglerodli tosh mineral paxta ishlab chiqarish bo‘yicha biznesni o‘z tarkibiga qo‘shmoqda

KNAUF va Texnopark kompaniyalari e’lon qilgan bitim doirasida KNAUF tosh mineral paxta ishlab chiqarish bo‘yicha biznes boshqaruvini o‘z zimmasiga olmoqda. Mazkur hamkorlik Toshkent shahridagi elektr yordamida ilg‘or eritish texnologiyasi bilan jihozlangan hamda past CO2 chiqindi darajasini ta’minlaydigan ishlab chiqarish liniyasini qamrab oladi.

Foto: KNAUF

2022 yilning oxirida Toshkent shahrida ochilgan zavod tosh mineral paxtadan zamonaviy energiya tejamkor qurilish ishlari issiqlikni ihotalovchi uchun past uglerodli materiallarning keng assortimentini ishlab chiqaradi.

“Mazkur kelishuv yangi mintaqada izolyatsiya materiallarini ishlab chiqarishga doir faoliyatimizni salmoqli darajada kengaytiradi”, - deydi KNAUF guruhining Bosh hamkorlari spikeri Aleksandr Knauf. “Markaziy Osiyo o‘zining jadal rivojlanayotgan qurilish bozori va energiya samaradorligiga berayotgan jiddiy ahamiyati tufayli barqaror, qulay va energiya tejamkor binolarni qurish uchun o‘z sinfida a’lo hisoblangan materiallarni talab qiladi. KNAUFʼning mineral paxta bilan izolyatsiyalashga oid xalqaro tajribasini qo‘llagan holda, bizning Markaziy Osiyodagi mijozlarimiz endilikda unumdor yechimlarning yanada keng qatoridan foydalanib, kompaniyamizning mintaqadagi yetakchiligini mustahkamlashga yordam beradi, shuningdek, turfa ehtiyoj va talablarga mos mahsulotlarni taklif qilgan holda, a’lo sifatli binolar qurilishiga hissa qo‘shadi”.

KNAUF guruhining Bosh hamkori Uve Knotser esa shunday deydi: “O‘zbekistonning jadal taraqqiyoti, mamlakatda investitsiya iqlimining yaxshilanishiga turtki beruvchi muhim islohotlarning izchil tarzda amalga oshirilishi, bizda O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi, aholi farovonligining o‘sishi, shu bilan bir qatorda, mintaqada yangi investitsiyaviy tashabbuslarga shayligi borasida qat’iy ishonch uyg‘otadi.

KNAUF Grupp boshqaruvi a’zosi va KNAUF Insuleyshn yo‘nalishining Yevropa/Yaqin Sharq/Osiyo bo‘yicha bosh direktori Dominik Bossan quyidagicha qo‘shimcha qildi: “Ushbu bitim global faoliyatimizni kengaytirish bo‘yicha uzoq muddatli rejamiz doirasida strategik qadam hisoblanadi. Biz qurilish sohasida ekologik toza va past uglerodli izolyatsiya yechimlariga bo‘lgan talabning kundan kun o‘sib borayotganini teran anglaymiz. Yangi zavod global faoliyatimiz ko‘lamini kengaytirib, bizning qulaylik, sifat va ekologik tozalik ustuvor jihatlar hisoblangan istiqbolli binolarni barpo etish singari maqsadimizning ro‘yobga chiqarilishiga zamin yaratadi.

KNAUF guruhi

Knauf Grupp – xalqaro oilaviy kompaniya bo‘lib, boshqa qarorgohi Germaniyaning Inxofen (Frankoniya) shahrida joylashgan. Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchisi sifatida jahonning 90 dan ortiq mamlakatlarida 300 dan ziyod ishlab chiqarish maydonlari va savdo vakolatxonalariga ega. Gips asosida qurilish materiallari, energiya tejamkor izolyatsiyalar va izolyatsion materiallar, shuningdek, shift sektorida tizimli yechimlar tayyorlash bo‘yicha dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchisi sanaladi. 1932 yilda asos solingan KNAUF guruhining 2023 yildagi savdo hajmi 15,6 mlrd yevroga yetdi, kompaniyada 42 500 nafardan ortiq kishi faoliyat yuritadi.

KNAUF guruhi haqidagi batafsil ma’lumot bilan www.knauf.com saytida tanishish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid