O‘zbekiston | 13:00 / 16.10.2024
1224
2 daqiqa o‘qiladi

Ummon O‘zbekistonda mehmonxona biznesini yo‘lga qo‘yishi mumkin

Xalqaro Nordik universitetida O‘zbekistonning Ummondagi elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston–Ummon biznes-forumi o‘tkazildi.

Foto: "Dunyo" AA

Biznes-forumda Al Khonji Group LLC boshqaruv kengashi raisi, Ummon savdo-sanoat palatasi sobiq prezidenti Khalil al-Khonji, Arabian Industries SAOC ijrochi direktori, Ummonning qator viloyatlaridagi mehmonxonalar egasi Amur al-Suleimaniy ishtirok etdilar.

Ular O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalari va tibbiyot uskunalarini ishlab chiqaruvchi shirkatlar bilan hamkorlik o‘rnatishga qiziqish bildirdilar. Shuningdek, o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan mehmonxona biznesini yo‘lga qo‘yish takliflarini ilgari surdilar.

Forumda General electric & Trading Co LLC boshqaruv kengashi raisi Murtadha Hassan Ali tomonidan Ummon biznes tajribalari xususida ma’lumotlar berildi. Nufuzli mehmon O‘zbekistonda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi shirkatlar bilan hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Forumda neft va gaz, kimyo, energetika va elektrotexnika sanoati, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qurilish materiallari, turizm va boshqa sohalarda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va o‘zaro savdoni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi e’tirof etildi.

Xalqaro Nordik universiteti va Ummon kompaniyalari rahbariyatlari o‘rtasida o‘qitish, kadrlar tayyorlash, ta’lim sohalarida ham tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatildi.

Mavzuga oid