O‘zbekiston va Afg‘oniston birgalikda za’faron yetishtirishga kelishib oldi
Afg‘oniston poytaxtidagi "Bodom bog‘" ko‘rgazmalar markazida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 31-kuzgi yarmarkasi boshlandi.
Yarmarka doirasida O‘zbekiston diplomatlari Afg‘oniston qishloq, irrigatsiya va chorvachilik vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ataulla Umariy bilan muloqot qildilar. Unda O‘zbekistonda za’faron plantatsiyasini yaratish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari xususida fikr almashildi.
Diplomatik missiya vakillari, shuningdek, Afg‘onistonning za’faron yetishtirish va sotishga ixtisoslashgan bir qator yirik kompaniyalari va boshqalar bilan muzokara o‘tkazishdi.
O‘zbekistonga za’faron piyozboshlarini yetkazib berish, urug‘chilikni rivojlantirish, shuningdek, tayyor mahsulotni tashqi bozorlarga eksport qilish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvlar natijasida respublikada ushbu mahsulotlarni yetishtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
12:56 / 19.12.2024
AQSh O‘zbekiston za’faroni eksporti uchun berilgan ruxsatnoma muddatini uzaytirdi
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
17:52 / 07.12.2024
Qirg‘iziston prezidenti AQSh va Yevropani «Tolibon»ni tan olishga chaqirdi
17:43 / 03.12.2024