Jahon | 00:36 / 19.10.2024
10520
2 daqiqa o‘qiladi

Kuba elektr energiyasidan butkul uzilib qoldi

Kubada 10 millionga yaqin aholi elektr energiyasisiz qoldi, mamlakatda 20 oktyabrga qadar barcha ta’lim muassasalari yopildi.

Foto: Getty Images

Kuba 18 oktyabr kuni elektr energiyasidan butkul uzilib qoldi, deb xabar beradi Diario de Cuba gazetasi.

Qayd etilishicha, Kuba energiya ta’minotidagi asosiy elementlardan biri hisoblangan Matansasdagi Antonio Guiteras elektrostansiyasi ishdan chiqqan. Mamlakat Energetika va tog‘ sanoatli vazirligiga ko‘ra, stansiya mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da o‘chib qolgan. Energetiklar elektr ta’minotini qayta tiklash ustida ish olib bormoqda.

Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel «mamlakat rahbariyati millat uchun energetika sohasida favqulodda vaziyat bo‘lgan ushbu muammoni hal etishga bor e’tiborini qaratganini» ma’lum qildi.

Reutersʼning yozishicha (https://www.reuters.com/world/americas/cuba-implemens-emergency-measures-millions-go-without-electricity-2024-10-18/), Kubada 10 millionga yaqin aholi elektr energiyasisiz qolgan. Mamlakatda 20 oktyabrga qadar barcha ta’lim muassasalari yopilgan. Shuningdek, ko‘ngilochar va madaniy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlangan, tungi klublar yopilgan. 

Elektr energiyasining o‘chishi mamlakatdagi energetika inqirozini kuchaytirgan — oxirgi ikki hafta Kubada elektr energiyasi kuniga bir necha soatdan o‘chirilayotgan edi. 11 oktyabrda elektr energiyasi ta’minoti 24 soatga to‘xtatilgan.

Elektr energiyasining butunlay o‘chishi mamlakat bosh vaziri Manuel Marrero energetika sohasidagi vaziyat yaxshilanayotganini e’lon qilganidan bir necha soat o‘tib yuz bergan.

Mavzuga oid