Jamiyat | 13:38 / 19.10.2024
4952
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida qo‘ylarni urib yuborgan “Spark” yonib ketdi

Oqibatda mashina to‘liq yonib ketgan va 22 bosh qo‘y ham nobud bo‘lgan.

Foto: IIB YHXB

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida qo‘ylarni urib yuborgan “Spark”da yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, hodisa bugun, 19 oktyabr kuni soat taxminan 05:00 larda sodir bo‘lgan.

Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘tgan D 017 "Olmaliq-Toshkent" avtomobil yo‘lining 17-kilometrida haydovchi, 26 yoshli D.Sh. “Spark” mashinasida ketayotib, yo‘lning qatnov qismida bo‘lgan 22 bosh qo‘yni urib yuborgan.

Haydovchi mashinani to‘xtatib, undan tushganidan so‘ng Spark salonida yong‘in kelib chiqqan. Oqibatda mashina to‘liq yonib ketgan. Shuningdek, 22 bosh qo‘y nobud bo‘lgan. Haydovchi jarohat olmagan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid