Yaponiyalik erkak bosh vazir qarorgohiga bostirib kirishga urindi
Tokioda hukmron Liberal-demokratik partiya shtab-kvartirasi va bosh vazir qarorgohiga hujum uyushtirgan erkak qo‘lga olindi.
Tokioda hukmron Liberal-demokratik partiya shtab-kvartirasi va bosh vazir qarorgohiga hujum uyushtirgan erkak qo‘lga olindi, deb xabar beradi NHK telekanali. U ichida yonuvchan suyuqlik bo‘lgan bir nechta butilkani otgan va mashinasida qarorgoh panjarasini buzib o‘tishga uringan.
Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxs partiya shtabining kirish qismiga besh yoki oltita «Molotov kokteylini» otgan. Butilkalardan biri politsiya mashinasiga kelib tushgan. Hodisa oqibatida yuzaga kelgan yong‘in o‘chirilgan, hech kim jarohat olmagan. Shundan so‘ng erkak mashinada voqea joyidan yashiringan va bosh vazir qarorgohi hududiga bostirib kirishga uringan.
Erkak mashinasi yordamida panjaralarni buzib o‘ta olmagan. Shundan keyin u tutun hosil qiladigan shashkaga o‘xshash predmetni otmoqchi bo‘lgan.
2023 yilning aprelida o‘sha vaqtda hukumat rahbari bo‘lgan Fumio Kisidaga suiqasd uyushtirilgan edi. 24 yoshli yapon unga qarata qo‘lbola portlovchi qurilmani otgan — hodisa oqibarida hech kim jarohatlanmagan. 2022 yil iyulda Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abe otib ketilgan edi.
Yaponiyada 27 oktyabr kuni muddatidan oldingi parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Yangi bosh vazir Sigeru Isiba hukumat faoliyatiga «to‘g‘ridan to‘g‘ri baho olish» uchun avvalgi tarkibni tarqatib yuborgandi.
Mavzuga oid
20:50
Yaponiyada sun’iy gravitatsiyaga ega Oy majmuasi prototipi quriladi
20:28
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi
15:00
Yaponiya savdo tarmoqlarida O‘zbekiston mahsulotlari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi
18:22 / 22.12.2024