Jahon | 10:20 / 21.10.2024
1771
2 daqiqa o‘qiladi

Boeing ish tashlagan xodimlariga maoshni 35 foizga oshirishni taklif qilmoqda

Katta ish tashlash vaqtida Boeing kasaba uyushmasi bilan to‘rt yil davomida ish haqini oshirishga oldindan kelishib oldi. Yangi taklif qabul qilinadimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas.

Foto: Getty images

Amerikaning Boeing korporatsiyasi keng ko‘lamli ish tashlashlar fonida kasaba uyushmalari bilan kelgusi to‘rt yil ichida ishchilar maoshini 35 foizga oshirishga oldindan kelishib oldi. Bu haqda Boeing va uyushma vakillari 19 oktyabr, shanba kuni ma’lum qildi. Yangi taklif 23 oktyabr kuni xodimlarga taqdim etiladi. Korporatsiya samolyotlar ishlab chiqaruvchisiga oyiga bir milliard dollarga yaqin zarar keltiruvchi ish tashlashni tugatishni kutmoqda, deb xabar beradi Reuters.

Xodimlar yangi taklifni qabul qiladimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas. Boeing'ning maoshlarni 25 foizga oshirish haqidagi dastlabki taklifi rad etildi. Bunga javoban kompaniya bir hafta oldin 17 000 ish joyini yoki butun dunyo bo‘ylab ishchi kuchining o‘n foizini qisqartirishini e’lon qildi.

Boeing xodimlarining keng ko‘lamli ish tashlashi

Xalqaro aerokosmik soha mashinistlari va ishchilari uyushmasi (IAM) kasaba uyushmasining 2008 yildan beri birinchi ish tashlashi sentabr oyining o‘rtalaridan beri davom etmoqda. Boeing uchinchi chorakda rekord darajadagi 5 milliard dollar zarar ko‘radi. Sietl va Portlenddagi 33 mingga yaqin korporativ xodimlar ish haqini 40 foizga oshirishni talab qilmoqda.

Mavzuga oid