O‘zbekiston va O‘mon qo‘shma savdo obektlarini yaratish imkoniyatini o‘rganmoqda
O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan 13-20 oktyabr kunlari Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida tashkil etilgan O‘zbekiston-O‘mon biznes-forumlari doirasida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik bitimlari imzolandi.
Jumladan, Toshkentdagi Xalqaro Nordik universiteti, Samarqand davlat universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiyasi instituti va Maskat universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumlari imzolandi.
Ikki davlat oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar davomida biznes va menejment, muhandislik, ishlab chiqarish, sanoat korxonalari, geologiya, konchilik, neft-gaz, elektr-mexanikasi va elektr-texnologiyalari, yashil energetika, arxitektura, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiya sohalari bo‘yicha mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashning holati tahlil qilindi.
Hamkorlikda xorijiy tajribalar va texnologiyalarga asoslangan qo‘shma savdo obektlarini yaratish, biznes sohasida yuqori malakali kadrlar almashish kabi qator yo‘nalishlarda hamkorlik istiqbollari xususida fikr almashildi.
Mavzuga oid
15:00
Yaponiya savdo tarmoqlarida O‘zbekiston mahsulotlari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi
13:33 / 18.12.2024
O‘zbekiston savdoni osonlashtirish bo‘yicha milliy "yo‘l xaritasi"ni imzoladi
14:40 / 17.12.2024
O‘zbekiston Stokholm va Helsingborgda savdo uylarini ochmoqchi
08:20 / 13.12.2024