O‘zbekiston | 23:10 / 24.10.2024
4668
2 daqiqa o‘qiladi

2024 yilda chet elga sayohatga borgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi

O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan.

Foto: Flickr

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-sentabr oylarida jami 4,5 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 mln nafarga yoki 35,8 foizga oshgan.

O‘tgan to‘qqiz oyda O‘zbekiston fuqarolari sayohatga borgan mamlakatlar ro‘yxati quyidagicha bo‘lgan:

·      Qirg‘iz Respublikasi – 2,1 mln nafar;

·      Tojikiston – 895,1 ming nafar;

·      Qozog‘iston – 719,9 ming nafar;

·      Rossiya – 222,9 ming nafar;

·      Turkiya – 180,9 ming nafar;

·      Saudiya Arabistoni – 121,9 ming nafar;

·      BAA – 90,3 ming nafar;

·      Misr – 32,1 ming nafar;

·      Kuvayt – 20 ming nafar;

·      Janubiy Koreya – 17,5 ming nafar;

·      Boshqa davlatlar – 128,2 ming nafar.

Mavzuga oid