The Times: Isroil AQShda maxfiy hujjatlar tarqalib ketgani tufayli Eronga hujumini kechiktirdi
AQSh Federal qidiruv byurosi Pentagonda Isroilning Eronga hujum rejalariga oid o‘ta maxfiy razvedka ma’lumotlari tarqalganidan keyin tergov boshladi.
Isroil Eronga javob hujumini kechiktirdi — bunga AQShda hujumga oid maxfiy harbiy ma’lumotlar sizib chiqqani sabab bo‘lmoqda, deb yozadi The Times.
«Amerika hujjatlaridagi ma’lumotlarning tarqalishi ayrim strategiya va komponentlarni o‘zgartirish zarurati tufayli hujumni kechiktirdi. Qasos bo‘ladi, faqat u kutilganidan ko‘proq vaqt talab qiladi», — deydi nashr manbasi.
AQSh Federal qidiruv byurosi Pentagonda Isroilning Eronga hujum rejalariga oid o‘ta maxfiy razvedka ma’lumotlari tarqalganidan keyin tergov boshlagan. 15-16 oktyabr sanalari ko‘rsatilgan hujjatlar Eronga qarashli Telegram-kanallarda paydo bo‘lgan.
The Times’ning yozishicha, sizib chiqqan hujjatlarda AQSh Isroilning ehtimoliy zarbasini sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va boshqa razvedka ma’lumotlari asosida baholagan. Tarqalgan ma’lumotlarda Isroil zarba beradigan potensial obektlar haqida hech narsa deyilmagan.
Eron qo‘shinlari 1 oktyabr kuni yil boshidan beri ikkinchi marotaba Isroilga 200 dan ortiq raketa uchirdi. Eron mazkur hujum o‘ldirilgan HAMAS yetakchisi Ismoil Honiya, «Hizbulloh» yetakchisi Hasan Nasrulloh va Livandagi Islom inqilobi muhofizlari korpusi qo‘mondoni Abbos Nilforushan uchun javob deb atagan.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu 9 oktyabr kuni AQSh prezidenti Jo Baydenga Isroil javob zarbalarini harbiy nishonlarga qaratishini ma’lum qilgandi. The Washington Post ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil AQShdagi saylovlarga qadar Eronga hujum uyushtirishni rejalashtirgan. «Ash-Sharq al-Ausat» gazetasining yozishicha, Isroil «hafta davomida» Eronga hujum qilishi mumkin.
Mavzuga oid
19:06 / 22.12.2024
Asadning qulashi - Eron tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatsizlik
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
16:40 / 20.12.2024
G‘azoda harbiy bazalar qurilmoqda. Isroil mustahkam o‘rnashib olmoqchi
14:52 / 20.12.2024