Saylovda 1 milliondan ortiq fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi
Muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 16 oktyabrdan 23 oktyabrgacha bo‘lib o‘tdi. Unda saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lmaydigan fuqarolar ishtirok etdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga bo‘lib o‘tadigan saylovda 1 million 15 ming 948 nafar fuqaro muddatidan avval ovoz berdi. Bu statistik ma’lumotlarni Markaziy saylov komissiyasi (MSK) taqdim etdi.
Hududlar kesimida muddatidan oldin ovoz bergan fuqarolarning eng ko‘pi Farg‘ona viloyatida kuzatildi – 219 ming 455 nafar saylovchi. Shuningdek, bu borada Samarqand viloyati (181925), Qashqadaryo viloyati (153365) va Buxoro viloyati (109930) ham yetakchi bo‘ldi.
Muddatidan avval saylovda qatnashganlarning eng kam soni Jizzax va Xorazm viloyatlarida qayd etildi – mos ravishda 6933 va 6056 nafar.
Muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 16 oktyabrdan 23 oktyabrgacha bo‘lib o‘tdi. Unda saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lmaydigan fuqarolar ishtirok etdi.
Shuningdek, O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tashkil etilgan saylov uchastkalarida ham muddatidan oldin ovoz berish tashkil etildi. Hozircha ular haqida statistik ma’lumotlar yo‘q.
O‘zbekiston parlamenti quyi palatasi va mahalliy hokimiyat organlariga navbatdagi saylov 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ularning natijalariga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari 150 nafar, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari 65 nafar, shuningdek, viloyatlar, Toshkent shahar va 208 ta tuman (shahar) kengashlari deputatlari saylanadi.
Mavzuga oid
16:50 / 03.12.2024
Sudyalar Oliy kengashi tarkibi Senat tomonidan saylanishi mumkin
16:10 / 03.12.2024
Qaysi deputat qanday ovoz bergani ochiq bo‘lishi kerak - Bobur Bekmurodov
10:19 / 03.12.2024
Ruminiyada prezidentlik saylovlari birinchi turi natijalari tasdiqlandi
15:11 / 02.12.2024